Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Google kasalliklarni yo‘tal orqali aniqlash uchun sun’iy intellekt yaratmoqda

Google kasalliklarni yo‘tal orqali aniqlash uchun sun’iy intellekt yaratmoqda

Foto: 4pda

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Google Hindistonning respirator kasalliklari sohasida sun’iy intellektni rivojlantirishga ixtisoslashgan Salcit Technologies kompaniyasi bilan hamkorlikda insonning yo‘taliga qarab uning sog‘lig‘i holatini aniqlash texnologiyasini birlashtirmoqda.

Ta’kidlanishicha, Google HeAR (Health Acoustic Representations) deb nomlangan model, masalan, sil kasalligiga chalingan odamni aniqlash uchun yo‘tal, burun oqishi va nafas olish qiyinlishuvi haqidagi 300 million audio yozuvlar bo‘yicha o‘qitilgan.

Bunday texnologiya shifokorlarning o‘rnini bosa olmaydi, biroq u, ayniqsa, sog‘liqni saqlash tizimi yaxshi rivojlangan hududlardagi odamlarga faqat smartfon yordamida sog‘liq uchun mumkin bo‘lgan xavflar haqida ogohlantirish olish imkonini beradi. Ushbu xususiyat faqat Google seriyali qurilmalarida mavjud bo‘ladimi yoki kompaniya hamma uchun alohida dastur chiqaradimi, bu aniq emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring