Yoshlar uchun IT-sayohat tashkil etildi

Bugun, 12-dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, «Yoshlar — kelajagimiz» jamg‘armasi hamda Xatirchi tumani hokimligi tomonidan yoshlar uchun axborot texnologiyalari soha korxonalari faoliyatiga oid IT-sayohat tashkil etildi.
Mazkur IT-sayohat Navoiy viloyati Karmana tumani «Erkin iqtisodiy zonasi» hududida joylashgan «Telecom Devices Pro» MChJ binosida tashkil etildi.
IT-sayohatga tashrif buyurgan yoshlarga «Telecom Devices Pro» MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan zamonaviy kompyuter qurilmalari, planshetlar, aqlli soatlar, telekommunikatsiya vositalari hamda elektr jihozlarining qanday tayyorlanish jarayonlari hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlarining namunalar bilan tanishishdan boshlandi.
Xatirchi tumani faol yoshlarining xohish va qiziqishlarini inobatga olgan holda shu yerning o‘zida axborot kommunikatsiya texnologiyalari soha korxonalari va mobil aloqa operatorlarining ko‘rgazmali stentlari namoyishi ham bo‘lib o‘tdi. Unda soha korxonalari tomonidan ish jarayonlarida foydalanadigan qurilmalar, telekommunikatsiya va o‘lchov vositalari bilan tanishi imkoniyati yaratildi.
Shu bilan birga, mazkur zavod binosining o‘zida Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida tahsil olgan ishsiz yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida «Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi» o‘tkazildi.
Ushbu mehnat yarmarkasida Vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan soha korxonalarining viloyat filial va bo‘limlari hamda mobil aloqa operatorlarining hududiy ofislari o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.
Jumladan, mazkur mehnat yarmarkasiga 20 ga yaqin soha korxona, tashkilotlar o‘zlarining 70 ta yaqin bo‘sh (vakant) hamda kvota ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.
Yarmarkada 140 nafar fuqaro, shundan 44 nafari xotin-qizlar, 26 nafari texnikum bitiruvchilari hamda ishsiz yoshlar ishtirok etdi. Shuningdek, axborot texnologiyalari soha korxona va tashkilotlari tomonidan sanoat, hizmat ko‘rsatish va axborot texnologiyalari yunalishlarida mavjud ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlar burchaklari ham tashkil etildi.
Mehnat yarmarkasida ishtirok etgan ishsiz va band bo‘lmagan yoshlardan 22 nafari doimiy ish o‘rniga joylashishlari uchun arizalar qabul qilib olindi.
Bundan tashqari, mehnat yarmarkasida ishtirok etgan 70 nafar yosh yigit-qizga Axborot texnologiyalari yo‘nalishida kasb-xunarga o‘qitish imkoniyatlari to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar, tushuntirish hamda maslahatlar berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter