Yaponiyaning “Kyoto Computer Gakuin - KCG Group” vitse-prezidenti Yoichi Terashita bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari R.Karimjonov Yaponiyaning “Kyoto Computer Gakuin - KCG Group” vitse-prezidenti Yoichi Terashita bilan uchrashdi.
Uchrashuvda:
- O‘zbekistonda zamonaviy bilimlarga asoslangan Yaponiya IT akademiyasini ochish;
- raqamli ta’lim sohasida talabgor bo‘lgan - AI, Data science, Big data, Software engineering, Cyber security, Gaming va boshqa yo‘nalishlarda yoshlarni o‘qitish;
- xalqaro outsource bozorga IT-kadrlarni tayyorlash va ularni ish bilan ta’minlash;
- sohani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma rejalar ishlab chiqish masalalari batafsil muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash maqsadida kelishuvlar imzolash va amaliy rejalar ishlab chiqishga kelishildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter