Xalqaro IT sertifikat olganlarga 2.9 mlrd so‘m kompensatsiya to‘lab berildi

Xalqaro IT sertifikatga kompensatsiya olish uchun 2024-yilda 76 nafar IELTS sertifikati bor yoshlar ariza qoldirgan bo‘lsa, joriy yil yanvar-fevral oylarining o‘zidayoq bu ko‘rsatgich 77 nafarga yetdi.
Qolaversa, hududlar kesimida xalqaro IT sertifikat uchun ketgan xarajatlarni kompensatsiya qilish uchun eng yuqori natija Samarqand viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.
Kompensatsiya olayotgan yoshlar o‘rtasida qizlar soni yil sayin ortib bormoqda.
2022-yilda umumiy kompensatsiya oluvchilar ichida 9.8 foiz qismini qizlar tashkil etgan bo‘lsa, joriy yil so‘nggi 2 oyining o‘zidayoq ushbu ko‘rsatgich 44 foizga ko‘tarilgan.
Sensorika, Brain power evolution, Fina school o‘quv markazi bitiruvchilari esa so‘nggi ikki oyda eng ko‘p kompensatsiya olish uchun ariza qoldirishgan.
Xalqaro IT sertifikatlarning to‘liq ro‘yxati bilan IT-istedod.uz saytida tanishing.
Kelajakda yaxshi daromad topish uchun internetdagi vaqtingizni chet tili va zamonaviy kasblarni bepul o‘rganishga sarflang!
Uzbekcoders.uz, https://it-istedod.uz/online-resources.html va https://100imkoniyat.uz/ saytlari orqali ma’lumotlarga ega bo‘ling hamda ko‘plab serdaromad kasblarni bepul o‘rganing.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter