Vazirlik delagatsiyasi Malayziyada UCSI University asoschisi bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi hamda vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
Malayziyaga tashrifi doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari J Maxsudov boshchiligidagi delegatsiya UCSI University asoschisi va ijrochi direktori Dato Piter bilan uchrashdi.
Ma’lumot uchun: UCSI University Malayziyaning top reytingdagi universiteti bo‘lishi bilan birga, dunyoning dunyoning top 300 universiteti reytingdan o‘rin egallagan. Ushbu oliy ta’lim yetakchi soha mutaxassislari bilan kuchli akademik dasturlarni yaratishga sodiqligi bilan xalqaro miqyosda tan olingan.
Uchrashuvda xalqaro bozor talablariga mos keladigan iqtidorli kadrlarni tayyorlash, Sirdaryo viloyatida tashkil etilishi kutilayotgan UCSI universiteti filiali qoshida IT yo‘nalishini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, talaba va o‘qituvchilar uchun qo‘shma hamda almashinuv dasturlari borasida fikrlar almashildi.
Shuningdek, IT-autsorsingni rivojlantirish va xalqaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan “Uzbekistan Outsourcing Conference" xalqaro tadbirini birgalikda tashkil etish va hamkorlik qilish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
UCSI universiteti rahbariyati bilan uchrashuv doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Malayziyada ta’lim olayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv tashkil etdi. Unda O‘zbekistonni jahon miqyosida IT-xab sifatida targ‘ib qilish imkoniyatlari, shuningdek, O‘zbekistonda IT-sohasini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter