Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tayotgan UN PUBLIC SERVICE FORUM 2024” forumi doirasida “Vazirlar davra suhbati” (Ministerial Roundtable) tadbiri tashkil etildi

Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tayotgan UN PUBLIC SERVICE FORUM 2024” forumi doirasida “Vazirlar davra suhbati” (Ministerial Roundtable) tadbiri tashkil etildi

Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi, Adliya vazirligi, Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi vakillari ishtirok etdi. 

Tadbirda vazir sun’iy intellektning afzalliklari haqida gapirib, u insonlarning yashash tarzini osonlashtirishga katta yordam berishini, boshqaruv, biznes jarayonlarida, shuningdek, yoshlarga muhim qulayliklar va imkoniyatlar taqdim etishini ta’kidladi.

O‘z navbatida, vazir sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanib borishi bilan birga, undan turli maqsadlarda foydalanish holatlari ham uchrab turgani, bunday oqibatlarga tayyor bo‘lgan holda texnologiyani yanada mukammallashtirib borish kerakligi haqida qo‘shimcha qildi.

“Vazirlar davra suhbati” (Ministerial Roundtable) tadbirini ushbu havola

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring