Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uyingizda aqlli qurilmalar qancha ko‘p bo‘lsa, "aqlli"lar tuzog‘iga shuncha tezroq ilinasiz!

Uyingizda aqlli qurilmalar qancha ko‘p bo‘lsa,

Foto: addictedtoallthingspretty.com

Mutaxassislar xakerlar maishiy qurilmalaringiz orqali shaxsiy ma’lumotlaringizga qanday ega bo‘lishlari mumkinligini aytishdi.

Group-IB raqamli sud-tibbiyot laboratoriyasining yetakchi mutaxassisi Igor Mixaylovning qayd etishicha, uyda “aqlli gadjetlar” qancha ko‘p bo‘lsa, shaxsiy ma’lumotlaringizning tarqalish xavfi shunchalik yuqori bo‘ladi. Firibgarlar avvalo shaxsiy login va parollaringiz haqidagi ma’lumotlarga, keyin esa bank xizmatlariga kirishlari mumkin. Mixaylovning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili dunyo bo‘ylab bunday hujumlar soni 1 milliarddan oshgan.

Kasperskiy laboratoriyasining kiberxavfsizlik bo‘yicha eksperti Dmitriy Galovning ta’kidlashicha, bir qator ishlab chiqaruvchilar gadjetlar xavfsizligiga yetarlicha e’tibor berishmayapti va ma’lum bir kamchiliklarni o‘z ichiga olgan mahsulotlar iste’mol bozoriga chiqarilmoqda. Natijada esa xalq o‘zi bilmagan holda xakerlar tuzog‘iga ilinib qolmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring