Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zingga ehtiyot bo‘l, planshetni o‘g‘ri tutma!

O‘zingga ehtiyot bo‘l, planshetni o‘g‘ri tutma!

Foto: Yandeks

Massachusets texnologiya instituti (MIT) muhandislari gadjetlardagi sensorlar yordamida odamlarni zimdan kuzatishning yangi usulini fosh qilishdi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, kibertahdidlardan xavotirlangan foydalanuvchilarning aksariyati noutbuk va boshqa qurilmalarning veb-kamerasini yopishqoq lenta yordamida berkitib qo‘yish orqali josuslarning kuzatuv imkoniyatlarini jismonan to‘sib qo‘yadilar.

Biroq, xakerlar sensorli aqlli gadjetlardan ham foydalanuvchilarga zarar yetkazish va ularning ma’lumotlarini o‘g‘irlash uchun foydalanishlari mumkin.

Sinov tariqasida muhandislar Samsung Galaxy View2 planshetidan foydalandilar. Chunki u old kameradan tashqari yorug‘lik datchiklariga ham ega.

Odatda, bunday datchiklar ko‘plab smartfonlar, planshetlar va kompyuterlarda qo‘llaniladi.

Ma’lum bo‘lishicha, agar ushbu sensorlarning dasturiy ta’minoti o‘zgartirilsa, onlayn muloqot jarayonlarida odamlarning tashqi qiyofasi, imo-ishoralari va hatto sensorli klaviatura yordamida kiritadigan shaxsiy ma’lumotlarini ham bilib olish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring