Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Robotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi “NUWA ROBOTICS”kompaniyasi O‘zbekistonda ofis ochmoqda

Robotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi “NUWA ROBOTICS”kompaniyasi O‘zbekistonda ofis ochmoqda

Foto: Digital.uz

“Offshore Outsourcing Tour 2024” tadbiri doirasida IT Park ijrochi direktori Abdulahad Qo‘chqorov va “NUWA ROBOTICS” kompaniyasi direktori Hung Jui-Jen o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Kelishuv O‘zbekistondagi axborot texnologiyalari, robototexnika va autsorsingni rivojlantirish sohalarida hamkorlik o‘rnatish, mamlakatda kompaniya filialini ochish va IT Park rezidenti maqomini olishni nazarda tutadi.

“NUWA ROBOTICS”kompaniyasiga 2016 yilda Xitoyda asos solingan bo‘lib, inson bilan o‘zaro chuqur aloqada bo‘lishga qodir robotlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya sun’iy intellekt, dasturiy va apparat ta’minotlarini yaratish, robotlar ishlab chiqarish va ularning UX-dizayniga ixtisoslashgan.

Hozirda “NUWA ROBOTICS”kompaniyasi Tayvan, Xitoy, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda o‘z ofislariga ega. AQSh, Xitoy, Hindiston va shu kabi 10 dan ortiq mamlakatlardagi korxonalar mazkur kompaniyaning mijozlari hisoblanadi. Kompaniya allaqachon butun dunyo bo‘ylab yigirma mingdan ziyod robotlarni foydalanishga topshirdi. Shuningdek, ularning mahsulotlari esa mingdan ortiq oilalar va ta’lim muassasalari tomonidan qo‘llaniladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring