Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari hasharda

27 noyabr kuni Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari va Yakkasaroy tumani “Armug‘on” MFY aholisi "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi xayriya hasharida qatnashishdi.

Ushbu ezgu tashabbusda markaz xodimlari hududda ko‘chat ekish barobarida hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, tozalash ishlarida faol qatnashdilar.

Bu kabi tadbirlar yurtimizning nafaqat gullab-yashnashi va obod bo‘lishi, balki mehr-oqibat, hamjihatlik va o‘zaro yordam ruhining yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Markaz ekologik muammolarni hal etish uchun raqamli texnologiyalarni qo‘llash va yashil maydonga bo‘lgan ishtiyoqni kuchaytirishda boshqa tashkilotlar va aholi bilan doimiy hamkorlik qilib keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring