"Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida "RRTM" DUK markaziy apparati xodimlari yeng shimarib mehnat qilishdi

"RRTM" DUKga qarashli Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan 3-sonli Radiostansiya hududida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.
"Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan “ko‘chat ekish” tadbirida "RRTM" DUK markaziy apparati xodimlari yeng shimarib mehnat qilishdi.
Aytish joizki, bunday sa’y-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimizni ko‘kalamzorlashtirish, aholi turar joylarini yanada ko‘rkam ko‘rinishga keltirish va yashil hududlar sonini oshirishdan iboratdir.
Zero, ozod va obod go‘shalarda ko‘ngillar shodlikka to‘ladi, aholi turmush tarzi ham fayzli va farovon bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter