Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nima sababdan Apple aqlli uzuklarini chiqarishni tezlashtirdi?

Nima sababdan Apple aqlli uzuklarini chiqarishni tezlashtirdi?

Foto: Baku

9to5Mac: Apple Samsung bilan raqobatlasha oladigan aqlli uzuk ishlab chiqarishni tezlashtirdi.

Apple yaqin oylarda aqlli uzukni taqdim etish niyatida. Bu haqda Koreyaning ET News nashri xabar berdi.

OAV jurnalistlari ismi oshkor etilmagan insayderga murojaat qilishdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika kompaniyasi aqlli uzuk ishlab chiqarishni tezlashtirgan, u 2024-yilda taqdim etilishi mumkin. Mualliflar, shuningdek, qurilma tafsilotlarini ham oshkor qildilar. Bular – ixcham o‘lcham, faollikni kuzatish imkoniyatlari, aqlli funksiyalar.

Mutaxassislarning fikricha, yanvar oyida Samsungdan aqlli uzuk e’lon qilingani sababli Apple faollashdi. Korporatsiya go‘yoki, katta bozor segmentini raqobatchiga berishni istamaydi. Qayd etilishicha, aynan shu sababdan Apple barmoqqa taqiladigan qurilmaning bir nechta variantini patentlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring