Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda ishchi hamkasbining kartasidagi 8,5 mln so‘mni onlayn-qimorga tikib yubordi

Samarqandda ishchi hamkasbining kartasidagi 8,5 mln so‘mni onlayn-qimorga tikib yubordi

Foto: IIV Kiberxavfsizlik markazi

Samarqand viloyatining Payariq tumanida yashovchi T.N. (29 yosh) ichki ishlarga arz qildi. Aytishicha, uning plastik kartasidagi 8 542 500 so‘m pul o‘g‘irlangan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jinoyatchi topildi. U T.N.ning tengdoshi va hamkasbi A.A. (“Temiryo‘l” vokzali mavsumiy ishchisi) bo‘lib chiqdi.

Hamkasbi ish joyidagi kiyinish xonasida T.N.ning telefonini yashirincha olib, qurilmadagi mobil ilova vositasida plastikdagi pullarni "1Xbet" onlayn-qimor o‘yiniga o‘tkazib yuborgan.

Holat yuzasidan A.A. O‘zR. JKning 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi. Qonunga muvofiq, A.A. sodir etgan jinoiy harakatlari uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring