Samarqand viloyati delegatsiyasi Filadelfiyada tadbirkorlar bilan uchrashdi
Samarqand viloyati delegatsiyasi AQShga safari davomida Nyu-York shahrida IT sohasidagi o‘ndan ortiq tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, foydali kelishuvlarga erishgani haqida xabar bergandik.
Delegatsiyaning navbatdagi safar manzili Filadelfiya bo‘ldi: bu yerda O‘zbekistonning AQShdagi elchisi boshchiligida EPAM Systems kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi. Kompaniya faoliyati bilan yaqindan tanishildi, hamkorlik istiqbollari muhokama etildi. Xususan, sohaviy bilimlarni o‘rgatish va IT-xizmatlarni eksport qilish maqsadida viloyatda kompaniya ofisini tashkil etish yuzasidan takliflar bildirildi.
Shuningdek, samarqandliklar Mir Transportation Inc kompaniyasida bo‘lib, uning faoliyati bilan tanishdilar, tadbirkorlar bilan uchrashishdi. Uchrashuvda viloyatda investitsiyalarni jalb etish, xususan, IT sohasini rivojlantirish uchun yaratilgan sharoitlar va imtiyozlar haqida so‘z bordi, amerikalik tadbirkorlarga Samarqand viloyatida o‘z loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar berildi.
Mazkur uchrashuvlar natijasida, Mir Transportation Inc, Logex, Uzrek payment system Inc kompaniyalari bilan masofaviy xizmatlarni ko‘rsatish markazlari tashkil etish bo‘yicha memorandumlar imzolandi.
Samarqand viloyati delegatsiyasining AQShga tashrifi davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter