Malayziyaning “Scicom Berhad” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov Malayziyaning Scicom Berhad kompaniyasining bosh rahbari va ijrochi direktori Dato‘ Sri Leo Ariyanayakam bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda:
🟠mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalariga xorijdan talabalarni jalb bo‘yicha hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;
🟠mahalliy IT xizmatlarni Malayziya bozoriga sotishni yo‘lga qo‘yish;
🟠"Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi va sohada ushbu yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar;
🟠IT-ta’lim tizimiga innovatsion texnologiyalarni integratsiyalash masalalari muhokama etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar IT sohasida hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganishga qiziqish bildirdilar va hamkorlik takliflarini tayyorlash uchun kelgusi muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter