Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kuala-Lumpurda SummitNext asoschisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Kuala-Lumpurda SummitNext asoschisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Jamol Maxsudov hamda SummitNext asoschisi Kumar Manu o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakatimizning IT va autsorsing sohasi hamda O‘zbekistonning keng kadrlar salohiyati haqida batafsil ma’lumot berilib, chet tillari, jumladan, ingliz tilini bilish darajasi oshib borayotgani ta’kidlandi. 

Bundan tashqari, O‘zbekistonda tez va minimal kuch sarflagan holda kompaniya ochish va operativ faoliyatni yo‘lga qo‘yish imkonini beruvchi mamlakatdagi ishbilarmonlik muhiti haqida ma’lumot berildi. 

Ma’lumot uchun: 2020-yilda tashkil etilgan SummitNext kompaniyasi Round Rok, Texas, AQShda o‘z shtab-ofisiga ega bo‘lib, biznes jarayonlarini boshqarish va konsalting autsorsing xizmatlarini ko‘rsatuvchi yetakchi provayder hisoblanadi. Kompaniyada Hindiston, Filippin, Malayziya va Indoneziyadan masofadan turib ishlaydigan 350 dan ortiq xodimlar ishlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring