Janubiy Koreyaning “E8ight” rahbariyati bilan uchrashuvda O‘zbekistonda kompaniyaning ofisini ochish taklifi berildi
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyaning “E8ight” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida rahbarlar hamkorlik va O‘zbekistonda autsorsing ofisini ochish, ularning Markaziy Osiyodagi ishtirokini kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari O‘zbekistonda ishlashning afzalliklari va mamlakatning iqtisodiy barqarorligi haqida batafsil ma’lumot berib, “E8ight” kompaniyasining O‘zbekistonda yangi ofisini ochish uzoq va samarali hamkorlik yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lishi ta’kidlandi.
Vazir Sh. Shermatov bino va inshootlarning energiya samaradorligini nazorat qiluvchi, masalan, “Raqamli egizak” (Digital Twin) texnologiyasi, shuningdek, ofislarda energiya iste’moli va isitish tizimlarini boshqaradigan dasturiy yechimlarga bo‘lgan talab nafaqat O‘zbekistonda, balki qo‘shni mamlakatlarda ham ortib borayotganini ta’kidladi.
O‘z navbatida, E8ight kompaniyasi rahbari Kim Jin Xyun O‘zbekistondan turib boshqa davlatlarga xizmat ko‘rsatish uchun yurtimizda o‘z vakolatxonasini ochish samarali va tejamkor bo‘lishini aytdi.
Kim Jin Xyun sentyabr oyida Toshkentga tashrif buyurib ochilishi rejalashtirilayotgan korxonani ro‘yxatdan o‘tkazishini va bo‘lib o‘tadigan AKT haftaligida ishtirok etishini ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter