Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Inklyuziv raqamlashtirish — davlat strategiyasi

Inklyuziv raqamlashtirish — davlat strategiyasi

Foto: Digital.uz

Raqamli texnologiyalar vazirligi va O‘zbekiston nogironlar uyushmasi raqamlashtirish sohasida hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladilar. Ushbu hujjat nogironligi bo‘lgan shaxslarning raqamli texnologiyalardan teng huquqli foydalanishiga sharoit yaratish bo‘yicha ishlarni o‘z ichiga olgan.

Ushbu Memorandum nogironligi bo‘lgan shaxslarga raqamli xizmatlardan foydalanish uchun keng imkoniyatlarni yaratish va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali “raqamli inklyuzivlik” tamoyili asosida ko‘rsatilayotgan xizmatlar ulushini bosqichma-bosqich oshirishga yo‘naltirilgan.

Shu bilan birga, memorandum nogironligi bo‘lgan aholining kundalik hayotini yengillashtiradigan axborot tizimlari, mobil ilovalar, portallar va veb-saytlarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilingan edi. Unda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda uning mobil ilovasini foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, qayta aloqa qilish, shuningdek, imkoniyati cheklangan insonlar uchun xizmatlardan foydalanish jarayonlarini yengillashtirish va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlarni nazarda tutuvchi yangi talqinini ishlab chiqish belgilangan. Aynan shundan kelib chiqib, ushbu memorandum imzolandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring