Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov

O‘z oilangiz bilan o‘z yurtingizda yashab, yaxshi daromad topmoqchi bo‘lsangiz, albatta chet tillari va axborot texnologiyalarini o‘rganing!

Ingliz tilida erkin so‘zlashishni o‘rgansangiz yuqori maoshli ishga ega bo‘lasiz!

Ingliz tilida erkin so‘zlashishni o‘rgansangiz yuqori maoshli ishga ega bo‘lasiz!

Prezidentimiz tadbirkorlar bilan uchrashish zarur ekanini ta’kidlashlarining ahamiyatiga, Samarqandga tashriflaridan keyin, IT Park rezidentlari bilan uchrashganimizda yana bir bor amin bo‘ldik. Bir tomondan qanchadan-qancha yoshlarga ish yo‘q deb internetda ko‘p o‘qiymiz. Bu tadbirkorlar esa ingliz tilida yaxshi so‘zlashadigan yoshlar bo‘lsa bo‘ldi, yuqori maoshli ish taklif qilamiz deyishyapti.

Masalan, Temur o‘zimizning INHA bitiruvchisi, hozir Rx2GO kompaniyasining to‘liq bekofisini Samarqand va Toshkentda tashkil qilgan va 60 dan ortiq yoshlarimizni ish bilan ta’minlagan. Aksariyat BPOlardagidek katta traklarni boshqarish emas, AQSh aholisining uylariga dorilarni yetkazib berish xizmati ekan. Shuni yanada ko‘paytirish uchun nima qilsak bo‘ladi, degan savolga, menga faqat ingliz tilida yaxshi so‘zlasha oladigan xodimlar kerak, chunki narxidan ko‘ra sifat muhimroq. Ular bemorlar bilan gaplashib, ularni rozi qilishi uchun deydi. Temur Samarqandda yetarli kadrlar topa olmagach, Toshkentda ingliz tilida so‘zlashadigan yoshlar ko‘proq bo‘lganiga, u yerda ham ofis ochibdi. Boshlanishiga 700 dollar oylik berishga tayyor bo‘lsak ham ingliz tilini yaxshi biladiganlarni topishga qiynalyapmiz deb aytmoqda.

O‘sha kunning o‘zida viloyatdagi barcha rezidentlarimizni tushlikka taklif qilib, ochiq gaplashganimizda, aksariyat eksporter rezidentlarimizda ham aynan shu muammo — ingliz tilida AQShliklarni yaxshi tushunadigan va sifatli xizmat ko‘rsata oladigan kadrlar defitsit ekanini aytishdi.

Shu uchrashuv bahona 20 ta ta’lim rezidentimiz ham eksporterlar bilan yaxshiroq tanishib, ularning talablariga mosroq bo‘lgan kadrlarni tayyorlashga harakat qiladilar degan umiddamiz.

Hozir ingliz tilida yaxshi so‘zlashish uchun qayergadir pul to‘lab borishning hojati ham yo‘q, internetda juda ko‘p videodarslar va dasturlar mavjud. Juda bo‘lmasa, o‘sha internetdagi bo‘sh vaqtda qiziqarli videolarni ingliz tilida ko‘rib ham ancha o‘rganib olsa bo‘ladi.

Manba: t.me

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring