Haydovchilik guvohnomasini uydan chiqmasdan qanday yangilash mumkin? (VIDEO)
Eski namunadagi haydovchilik guvohnomangizni yangisiga almashtirishga ulgurdingizmi?
Ishlar bilan bo‘lib hech vaqt topa olmayapman-da, deysizmi?
Axir my.gov.uz portali bor-ku. Guvohnoma almashtirish bo‘yicha barcha yugur-yugurlarni unga topshiring! O‘zingiz esa shaxsiy ishlaringiz bilan bemalol shug‘ullanavering!
Qanday qilib deysizmi?
Dastavval, my.gov.uz portalidagi «Haydovchilik guvohnomasini yangilash» xizmatiga kirasiz;
Ommaviy oferta shartlari bilan tanishib chiqqach, o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlarga ko‘z yugurtirib, manzil ma’lumotlarini to‘ldirasiz;
Agar tayyor haydovchilik guvohnomasini borib olishga vaqtim bo‘lmaydi desangiz, atigi 25 ming so‘m evaziga pochta orqali yetkazib berish tugmasini bosish ham esdan chiqmasin;
Shundan so‘ng sizning ma’lumotlaringiz Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining ma’lumotlar bazasidan avtomatik tarzda yuklanadi.
Endi siz belgilangan joyga kompyuter sichqonchasi yordamida imzo chekasiz;
Shu ondayoq yangi guvohnomangizning namunasi ekranda paydo bo‘ladi!
Agar sizga ma’qul kelsa, uni saqlab qo‘yish orqali tasdiqlaysiz;
Eng so‘ngida esa to‘lovni amalga oshirasiz;
Qarabsizki, ikki ish kuni ichida yangi haydovchilik guvohnomangiz qo‘lingizda bo‘ladi!
Hurmatli fuqaro, agar xizmatdan foydalanishda YHXXning ma’lumotlar bazasida haydovchilik guvohnomangiz to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniqlanmasa, 1242 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, haydovchilik guvohnomasi hamda pasport ma’lumotlaringizni taqdim etishingizni so‘raymiz!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter