Haydovchi litsenziyani onlayn olib, ham vaqtini, ham benzin pulini tejabdi

Ba’zi taksilarga o‘tirib, bu haydovchining maqsadi ishlab pul topish emas, yo‘lovchilar bilan miriqib suhbatlashish bo‘lsa kerak, deb o‘ylab qolasan. Hatto ayrimlarining ezmaligidan charchab ham ketasan. Lekin yaqinda bir taksiga o‘tirdim-u, manzilimga yetguncha ancha-muncha narsani bilib oldim.
Aytishicha, kira qilish uchun litsenziya varaqasini onlayn olganidan rosa xursand bo‘libdi.
– Avvaliga jo‘ralarim soliq inspeksiyasiga borib, o‘zini band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishim kerakligini aytishgandi. Keyin bilsam, buni my.gov.uz orqali onlayn amalga oshirsayam bo‘larkan. Shunisi ma’qul kelib, darrov ro‘yxatdan o‘tdim. Xizmatdan my.gov.uz orqali foydalanish tekin ekan, – dedi haydovchi. – Keyin shu portalning o‘zidan yengil avtomobilda yo‘lovchi tashish litsenziya varaqasini oldim. Bir yillik davlat boji uchun 270 ming so‘m to‘ladim. Agar Davlat xizmatlari markaziga borib olganimda 30 ming ko‘p to‘larkanman. Yana borib-kelishga benzinim ham ketardi.
Haydovchining gapiga ishonqiramay, darrov telefonimdan internetga kirdim va qidiruvga berdim. Rostanam buning iloji bor ekan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter