Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Gamedev Day 2024» forumi qanday o‘tdi?

«ICT WEEK Uzbekistan 2024» AKT haftaligining so‘ngi kunida «Gamedev Day 2024» forumi bo‘lib o‘tdi.

«East Games» kompaniyasi ko‘magida IT Park Uzbekistan tomonidan tashkil etilgan ushbu noyob tadbir butun dunyodagi yetakchi o‘yin ishlab chiqaruvchilari, o‘yin sanoati mutaxassislari, IT sohasiga qiziquvchilar va turli startaplarni bir joyga to‘pladi.

AQShda joylashgan GameDevHQ kompaniyasi bosh direktori Jonatan Vaynberger GameDev sanoatining jahon miqyosidagi rivojlanish dinamikasi bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib, O‘zbekiston uchun bir qator rejalarini bayon qilar ekan, Toshkent Markaziy Osiyoning navbatdagi Silikon vodiysiga aylanish salohiyatiga egaligiga alohida ishonch bildirdi.

Umid qilamizki, ushbu forum video o‘yinlarni ishlab chiqish, ya’ni, dasturiy ta’minot muhandisligi va IT imkoniyatlar sari keng yo‘l ochib beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring