Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi AQShda bo‘lib o‘tayotgan “ASU+GSV” xalqaro sammitida ishtirok etmoqda
Sammit doirasida ilk marotaba ta’lim sohasida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishga bag‘ishlangan “AI Revolution in Education” ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
Xalqaro sammit doirasida vazirlik delegatsiyasi vakillari:
Careerflow.ai kompaniyasi bilan hamkorlikda mamlakatimiz yoshlariga xalqaro bozorda yuqori daromadli ish topishda SI texnologiyasidan foydalanishni joriy etish;
Arizona State University bilan raqamli ta’lim sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
Buddy.ai bilan yoshlarga SI yordamida ingliz tilini o‘rgatishning innovatsion usullarini joriy etish:
StartED kompaniyasi bilan mahalliy startaplarni xalqaro darajaga olib chiqish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuv so‘ngida yuqoridagi ta’kidlangan kompaniyalar "ICTWEEK - 2024” IT-haftaligida ishtirok etish uchun mamlakatimizga taklif qilindi.
Mazkur sammitda dunyoning 100 ortiq davlatlaridan raqamli ta’lim va sun’iy intellekt bo‘yicha 10 mingdan ortiq innovatorlar, investorlar, 400 dan ortiq spikerlar, 100 ga yaqin universitetlar, ilg‘or IT kompaniyalar hamda startaplar ishtirok etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter