Forbes: Rossiya va Belarus «aytichi»lari O‘zbekistonni tanlashmoqda

O‘zbekistondagi IT salohiyati va «aytichi»lar uchun yaratilgan imkoniyatlar xususida jahonning yetakchi «Forbes» nashri maqola chop etdi.
Unda 2000 yillarda Rossiyada 1,8 millionga yaqin IT mutaxassislari bo‘lgani, hozirgi kunga kelib esa 50 mingdan 70 minggacha texnika xodimlari Rossiyani tark etgani, ayni paytda O‘zbekistonga 6mingdan ortiq IT mutaxassislari kelgani va yirik IT kompaniyalari faoliyat ko‘rsatayotgani ta’kidlangan.
Shuningdek, yaqinda AKT vaziri Sherzod Shermatov boshchiligida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lganiga alohida urg‘u berilgan.
O‘zbekistonda IT bozorini rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, mutaxassislar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, xorijlik mutaxassislarning O‘zbekistonga kelishlari uchun berilayotgan imtiyozlar haqida aytib o‘tilgan.
Quyidagi havola orqali maqolani to‘liq o‘qishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter