Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“Biznesni rivojlantirish banki“ ATB bu yil raqamlashtirishga doir 28 tashabbusni amalga oshirmoqchi (+video)

Kuni kecha, 27-avgust kuni “Biznesni rivojlantirish banki"da "ІT-loyihalar va raqamli xizmatlar" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda "Biznesni rivojlantirish banki"ning strategik ІT loyihalari va raqamli biznes sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar xaqida jamoatchilikka batafsil axborot berildi.

Aytish joizki, "Biznesni rivojlantirish banki" ATB yaqin kelajakda mamlakatdagi eng ilg‘or va zamonaviy, innovatsion bank bo‘lishni maqsad qilgan.

Bankning 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan 250 ta tashabbusning qariyb 72 tasi bevosita ІT loyihalar va raqamlashtirishga doir tashabbuslar hisoblanadi.

Bu yo‘nalishdagi 28 ta tashabbus shu yilning o‘zidayoq amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Xozirda bankda raqamli biznes sohasidagi to‘rt yo‘nalishda zaruriy ishlar olib borilmoqda. Jumladan:

1. Biznes uchun drayver agent bo‘lishi;

2. Bankdagi biznes jarayonlarini raqamlashtirish;

3. Texnologik raqobatbardoshlikni oshirish;

4. Bank mijozlari va xodimlarini ІT soxasidagi malakasini oshirish.

Ma’lumot uchun, bankda hozirgi kunda "Mening biznesim" elektron platformasi ishga tushirilgan bo‘lib, unda 45 ta kasb-xunar yo‘nalishida o‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar “marketpleys" orqali o‘z xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha buyurtmalar qabul qilishmoqda.

Bir oy davomida 2000 dan ziyod fuqarolar ishbu platforma orqali ro‘yxatdan o‘tishdi.

Qolaversa, bankning ”BRB-Tex“ IT markazi ham tashkil etildi. “Biznes-portal.uz” platformasi orqali esa tadbirkorlarga onlayn o‘qish, sertifikat berish, konsalting xizmatlar ko‘rsatish va kredit ajratish imkoniyatlari yaratildi.

Joriy yilda operatsion biznes modeli ham tizimli yo‘lga qo‘yildi.  

Bundan tashqari, xalqaro standartlarga mos kredit konveyeri — anderrayting va skoring tizimlari yaratildi hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yangi zamonaviy sifat standartlari joriy qilindi.

”SRM-yagona oyna“ ishga tushirilishi natijasida esa bank daromadlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17 foizga oshdi.

Yangi brendga asosan bankning sayti yangidan yaratildi va sotuv kanaliga aylantirildi.

Saytga tashriflar soni esa yil boshiga nisbatan 223 foizga oshib, oyiga 70 mingtaga yetgan va bu ko‘rsatkich oyiga 22 foizga ko‘paymoqda.

Mobil ilovada ham xizmat sifati yanada yaxshilandi va mijozlar soni yil avvaliga nisbatan 102 mingtaga ortib, hozirda 322 mingdan ortiq jismoniy shaxslar mobil ilovadan aktiv foydalanishmoqda.

Tadbirda jurnalistlar IT loyihalar yo‘nalishida joriy yil yakuniga qadar belgilangan rejalar va prognoz ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring