Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

"IT-Bilim" markazida "Marubeni" korporatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Yaponiyaning “Marubeni Corporation” kompaniyasi va "IT-Bilim" markazi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yapon kompaniyasining vakillari "IT-Bilim" rahbariyati bilan kelajakda olib boriladigan loyihalar va hamkorlik ishlarini muhokama qilishdi. 

"Marubeni" korporatsiyasi 160 yildan ortiq tarixga ega bo‘lgan Yaponiyaning eng yirik savdo kompaniyalaridan biri hisoblanadi.

Kompaniya tabiiy resurslar va qazilma materiallari bilan ishlash kabi ko‘plab faoliyat turlari bilan shug‘ullanib kelmoqda va so‘nggi yillarda AyTi sohasiga ham katta e’tibor qaratmoqda.

"IT-Bilim" markazi "Marubeni" kompaniyasiga O‘zbekiston hududida o‘z faoliyatini boshlashga, yangi loyihalarni amalga oshirishiga, hamda korporatsiyaga malakali xodimlarni jalb qilishda yordam beradi.

Bu esa mamlakatimizda yangi ish o‘rinlarining ochilishi, yoshlarning ish bilan ta’minlanishi hamda zamonaviy texnologiya va amaliy tajribalarning kirib kelishidan dalolat beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring