Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oqqo‘rg‘ondagi "Gap" o‘zgacha bo‘ldi

Oqqo‘rg‘ondagi

Jamiyatda xotin-qizlarimizning tutgan o‘rni, bilimini oshirish, bandligini ta’minlash, dunyoqarashini yanada kengaytirish, qiziqish va layoqatiga qarab kasb tanlashga ko‘maklashish hamda ularga motivatsiya berish maqsadida Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan Monomarkazda "GAP" ayollar IT klubining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

160 nafardan ortiq xotin-qizlar ishtirok etgan ushbu uchrashuvda turli xil mavzularda debatlar, savol-javoblar, shuningdek, my.gov platformasidan foydalanish yo‘riqnomasi, bepul ta’lim olish uchun foydali havolalar, IT sohasidagi kasblar haqida tushunchalar, mobil telefondan to‘g‘ri foydalangan holda xotin-qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida tushunchalar bilan bo‘lishildi. 

Bundan tashqari, tadbir davomida xotin-qizlar kichik musobaqalarda ham ishtirok etishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring