Axborot texnologiyalari vaziridan yosh dasturchilarga tavsiya

Eksport bilan shug‘ullanadigan IT Park rezidentlarida daromadlarining o‘sish sur’ati ichki bozorga xizmat ko‘rsatadiganlarnikidan ancha yuqori bo‘ldi. Bu yana bir bor boshqa kompaniyalarimiz rahbarlariga signal bo‘lishi kerak: katta mablag‘lar va loyihalar asosan chet elda, shuning uchun aynan eksport bilan shug‘ullanganlarda daromad topish imkoniyatlari faqatgina ichki cheklangan bozorga harakat qilayotganlardan ko‘ra bir necha barobar ko‘p bo‘ladi. Buni IT Park rezidentlarining 9 oylik yakuniy natijalaridan ham aniq ko‘rsa bo‘ladi: ularning eksporti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,5 barobarga oshdi, bu esa ichki bozorga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning o‘sish tezligidan sezilarli darajada yuqori (ularning ichki bozorga xizmatlari 2 barobar o‘sgan).
Hali ham bo‘lsa, faqatgina ichki bozorga ishlaydigan rezidentlarimiz imkoni boricha chet tillarini o‘rganib, chet eldagi tanishlar va vatandoshlar orqali eksportga chiqishga harakat qilaverishlari kerak. Shunda kompaniyalar daromadlarining o‘sish sur’ati uzoq muddatda ancha yuqori bo‘ladi.
Yosh dasturchilarga esa, albatta, chet tillarini mukammal o‘rganishni tavsiya qilamiz, shunda ularning daromadlari ham chet tilini bilmaydigan hamkasblaridan karrasiga ko‘p bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter