AQShda vatandoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Silkroad Innovation hubda tashkil etilgan ushbu uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekistonning IT imkoniyatlari va mamlakatimizda xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berish, shuningdek, vatandoshlar orqali IT autsorsing sohasida AQShning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlik qilishdan iborat.
Uchrashuvda O‘zbekiston IT xizmatlar va mahsulotlar eksportini 2030 yilga qadar 5 mlrd dollarga yetkazish, O‘zbekistonni mintaqaviy IT xabga aylantirish, O‘zbekistonda IT ta’lim va kadrlar tayyorlashga sarmoya va grantlar jalb qilish maqsadida Amerika bozoriga kirishi masalalari muhokama qilindi.
Mazkur uchrashuvda 80 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi, ular orasida biznes vakillari, davlat xizmatchilari, blogerlar, OAV vakillari va boshqa sohalardan mutaxassislar ishtirok etishdi.
Shuningdek, uchrashuvda IT sohadagi o‘zgarishlar va potensial investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, ingliz tilini biladigan va IT sohasida dasturlash xizmatlarini ishlab chiqarish va eksport qilishga qodir mutaxassislar sonini ko‘paytirish hamda eksport hajmini yanada oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Uchrashuv so‘ngida AQShda faoliyat olib borayotgan IT kompaniyalar vakillari mamlakatimizda joriy etilgan soliq imtiyozlari, sarmoya kiritish, kadrlar tanqisligini oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan dasturlar, mamlakatimiz bozoridagi IT xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoj va masofaviy xizmatlarni taqdim etishda eng talabgor xizmatlar bo‘yicha savollariga javob oldilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter