Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2023-yilda tovlamachi xakerlar rekord miqdorda pul undirishdi

2023-yilda tovlamachi xakerlar rekord miqdorda pul undirishdi

Foto: Shutterstock

PCMag resursi Chainalysis kompaniyasi tadqiqotiga iqtibos keltirgan holda xabar berishicha, 2023-yilda tovlamachi xakerlar yangi rekord o‘rnatib, yaxshi pul ishlashga muvaffaq bo‘lishgan. Tahlilchilarning qayd etishicha, ularning daromadi 1 milliard dollardan oshgan.

Bunga sabab yangi xakerlik oqimi va zarar ko‘rgan kompaniyalardan millionlab to‘lovlarni olib kelgan bir qator yirik muvaffaqiyatli hujumlar. Taqqoslash uchun: 2022-yilda ularning daromadlari sezilarli darajada kamaygan (taxminan 567 million dollar).

Chainalysisning tahdidlarni tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i Jeki Berns Kovenning tushuntirishicha, o‘tgan yili xakerlar jabrlanuvchilardan 1 million dollar yoki undan ko‘proq to‘lov talab qilishgan (bunday tranzaksiyalar soni umumiy summaning 75 foizini tashkil qilgan). Misol uchun, CL0P xakerlar guruhi MOVEit dagi xatolikdan foydalanib, 100 million dollardan ortiq to‘lovni yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi, bu tovlamachi xakerlari tomonidan iyun oyida olingan barcha mablag‘larning 44,8 foizini, iyulda esa 39,0 foizini tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring