Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

112 ta eksport kompaniyasi IT Park rezidentiga aylandi, ularning 59 tasi xorijiy kapital ishtirokida

112 ta eksport kompaniyasi IT Park rezidentiga aylandi, ularning 59 tasi xorijiy kapital ishtirokida

O‘zbekiston xalqaro bozorda IT-hab sifatida o‘z mavqeyini mustahkamlashda davom etmoqda Bunga xorijiy kompaniyalarning respublika IT-sohasiga qiziqishi ortib borayotgani, shuningdek, mahalliy kompaniyalar mahsulotlari va xizmatlarining chet elga eksporti jadal o‘sishi dalil bo‘lmoqda.

2024-yil oktyabr-noyabr oylarida 112 ta eksportga yo‘naltirilgan kompaniya IT Park rezidenti maqomini oldi. Ularning 59 tasi AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, BAA, Yaponiya, Xitoy, Turkiya, Shveysariya, Malayziya, Portugaliya, Niderlandiya va Polsha kabi davlatlarning sarmoyasi ishtirokidagi kompaniyalardir.

Yangi 112 ta rezident-eksportyorning 48 tasi autsorsing xizmatlarini ko‘rsatadi, 41 tasi IT-xizmatlarini taqdim etadi (buyurtma asosida dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, texnik qo‘llab-quvvatlash, takomillashtirish va o‘zgartirish); 19 tasi IT-mahsulotlarni sotadi, 4 tasi esa kreativ industriya va GameDev sohasida faoliyat yuritadi.

112 ta yangi eksportga yo‘naltirilgan kompaniya faoliyatining birinchi yilida 2500 dan ortiq ish o‘rni yaratishni rejalashtirmoqda, jumladan hududlarda ham.

O‘zbekistonning IT sohasiga Yevropa va Osiyo mamlakatlarining, xususan Yaponiya, Xitoy, Koreya, Portugaliya, Vengriya, Shveysariya va Malayziyaning qiziqishi ortib borayotganini ta’kidlash lozim. Bu mintaqalardan tobora ko‘proq kompaniyalar IT-sohasiga sarmoya kiritish va o‘z asosiy jarayonlarini autsorsingga topshirish maqsadida bozorimizga kirmoqda. Bu esa mamlakat eksportini ko‘paytirish va fuqarolarimizni ish bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Masalan, Portugaliya-Vengriya “KARAMi” kompaniyasi allaqachon o‘zbekistonlik mutaxassislarni ishga qabul qilgan va faoliyatini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Kompaniya xorijiy mamlakatlar uchun moliyaviy rejalashtirish va investitsiya loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.

“BEUKITCH EV” — Malayziyaning buyurtma asosida dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi kompaniyasi. U birinchi navbatda AQSh va Malayziya uchun autsorsing xizmatlarini taqdim etadi.

Shveysariyaning IT-konsalting va axborotlashtirish ob’yektlari axborot xavfsizligini audit qilish xizmatlarini ko‘rsatuvchi “INVERSON OPERATIONS” kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z ofisini ochdi. Kompaniya AQSh va Shveysariya bozorlariga autsorsing xizmatlarini taqdim etishni rejalashtirmoqda va ingliz tilini biladigan mahalliy mutaxassislarni faol jalb qilmoqda.

Malayziyaning “GET-ACADEMY” kompaniyasi O‘zbekistonda ish boshladi. Kompaniya mijozlarni qo‘llab-quvvatlash, ma’lumotlarni qayta ishlash va xodimlarni boshqarish bo‘yicha autsorsing xizmatlarini, shu jumladan texnik yordam va ish haqi hisob-kitobini yuritish xizmatlarini taklif etadi.

Kanadaning “GET-ACADEMY" kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z ofisini ochdi. Kompaniya Qatar, Saudiya Arabistoni, Kanada va AQShga xizmatlarini eksport qilishni rejalashtirmoqda.

Yaponiyaning “FUJIYAMA LOGISTICS" kompaniyasi yapon tilini biladigan mahalliy mutaxassislarni yollashni boshladi. Kompaniya tovarlar yetkazib berish zanjirlarini kuzatish uchun mo‘ljallangan “Inventory Management System” dasturiy ta’minotini sotadi.Taqdim etilgan biznes-rejalarga ko‘ra, faoliyatning birinchi yilida jami rejalashtirilgan eksport hajmi 70 million dollardan oshadi. Eksport bozorlari qatoriga AQSh, Kanada, Shveysariya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Singapur, Xitoy, Janubiy Koreya va boshqa davlatlar kiradi.

Bu esa o‘z navbatida aholi farovonligini oshirish va mahalliy mutaxassislarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, ularning jahon bozorida raqobatbardoshligini kuchaytirish imkonini beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring