Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov

O‘z oilangiz bilan o‘z yurtingizda yashab, yaxshi daromad topmoqchi bo‘lsangiz, albatta chet tillari va axborot texnologiyalarini o‘rganing!

Tadbirkorlarga o‘qish tavsiya etilgan kitob

Tadbirkorlarga o‘qish tavsiya etilgan kitob

Eng katta BPO eksporti ko‘rsatkichlariga ega IT Park rezidentimiz Nodir Ruzmatov zo‘r kitob sovg‘a qilgandi, Samarqandda xizmat safarida bo‘lganimda vaqtni maroqli o‘tkazishga juda foydali bo‘ldi. Ushbu kitobni masofaviy xizmatlar eksportini kengaytirmoqchi bo‘lgan barcha tadbirkorlarimizga o‘qishni tavsiya qilaman.

Kitobdan xulosa shuki, nasib qilsa bu yil yakuniga autsorsing xizmatlar eksportini $100 milliondan oshirishimiz, boshlagan ishlarimizning ilk debochasi bo‘ladi va Prezidentimiz tomonidan yaratilgan hozirgi tizimga tashqaridan ortiqcha xalaqit bo‘lib, investorlar cho‘chitib yuborilmasa, autsorsing eksportining keyingi bosqichi, ya’ni 2028-yilgacha $1 mlrdga erishishga hamma imkoniyatimiz yetarli.

O‘quv yilini boshlayotgan yoshlarimizga esa buyog‘iga endi asosiy e’tiborlarini dunyo bozorida raqobatga tayyor bo‘lishga qaratishni, ya’ni chet tillarini va dunyoda talab yuqori bo‘lgan ko‘nikmalarni o‘rganishni tavsiya qilaman. Buning uchun internetda juda ko‘p foydali resurslar bor. Internetdagi cheklangan vaqtingizni bekorchilik yoki birovni g‘iybat qilishga emas, balki qo‘shimcha bilim va ko‘nikma egallashga sarflasangiz, kelajagingiz uchun yanada foydaliroq bo‘ladi.

Qaniydi, ko‘proq tadbirkorlarimiz Nodirga o‘xshab Forbs kabi xalqaro nashrlarda maqolalar yozib, O‘zbekiston nomini global bozorda tanitishga vaqtlarini sarf etsalar, mamlakatimiz kelajagi uchun juda foydali bo‘lar edi. Nodirning oxirgi maqolasi:

https://www.forbes.com/sites/forbesbusinesscouncil/2022/09/02/phygital-what-the-future-looks-like-for-customer-service-in-a-phygital-world/?sh=545270ea3a64

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring