Har qanday ma’lumotni ob’yektiv tahlil qilishga harakat qiling
Internet taraqqiyot uchun juda ko‘p foyda keltirishi bilan birga, ba’zi noinsoflar qo‘lida aholi orasida vahima va yolg‘on ma’lumot tarqatish hamda parokandalik keltirib chiqarish uchun juda oson platformaga aylanishi ham mumkinligini hozir butun dunyo tan olmoqda. Uni oddiy instrument sifatida oshxonadagi pichoqqa qiyoslasa, biz kundalik hayotimizda usiz taom tayyorlashni tasavvur qilishimiz qiyin, lekin u bilan afsuski kimnidir joniga qasd qilish ham mumkindir.
Shuning uchun internet orqali istalgan yangi ma’lumot o‘qiganda, rasm yoki video ko‘rganda, uni darrov vahima qilib, boshqalarga tarqatishdan avval, ushbu ma’lumot qanchalik rostligini ob’yektiv tahlil qilishga harakat qiling.
Internet bu juda foydali instrument, uni turli xil yolg‘on ma’lumot va vahimani tarqatishga ishlatgandan ko‘ra, undan ko‘proq chet tillarini o‘rganish va o‘zingizni malakangizni oshirishga foydalanganingiz ma’qul.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter