B2 ingliz tili sertifikatiga ega yoshlar uchun AyTi-xushxabar

Yoshlarimizning IT-Englishni o‘rganish imkoniyatlari yanada kengaymoqda, shuning uchun bo‘sh vaqtingizni bekor o‘tkazmay, ingliz tilini va AyTini o‘rganing!
Prezidentimiz bilan bo‘lgan muloqotda IT-ta’lim rezidentimiz IT-English muhimligini, shunga bu faoliyatga ham ta’lim rezidentlariga ruxsat berish kerakligini aytgan edi. Shundan keyin Davlatimiz rahbari yoshlarga aynan birinchi ingliz tilini o‘rgatib olib, keyin ularni AyTiga o‘qitsak, yoshlarimiz kelgusida ko‘proq daromad topishlariga yanada kengroq imkoniyatlar ochilishi haqida topshiriq bergan edilar.
Hozirgi kunga kelib, IT Parkning 260 dan ortiq ta’lim rezidentlari ham endi bemalol IT-English yo‘nalishida faoliyat yuritishlari mumkin bo‘ldi. Bu esa, ta’lim bozorida ingliz tilini o‘qitish imkoniyatlarini kengaytirishi bilan birga, soliq imtiyozlari sababli bunday xizmatlarning yanada arzonlashishini ham bildiradi.
Marhamat, http://education.it-park.uz saytida barcha ta’lim rezidentlari haqida qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin.
Bunga qo‘shimcha sifatida, shuni aytish kerakki, agar B2 darajasidagi ingliz tili sertifikatiga ega bo‘lsa, yoshlarimizga IT-sertifikatlariga o‘qish va sertifikatlash xarajatlari 1-oktyabrdan boshlab 50 foiz emas, balki 100 foiz qoplab beriladigan bo‘ladi!
IT-sertifikatlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar http://it-istedod.uz saytida.
Manba: t.me
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter