Apple kompaniyasining yangi qurilmalarini ta’mirlab bo‘lmaydimi?

iFixit kompaniyasi M2 chipli yangilangan 13 dyuymli MacBook Pro‘ning barcha ichki qismlari 2020-yilgi versiya bilan bir xil ekanligini aniqladi.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, noutbuklar tashqi ko‘rinishi ham deyarli bir xil. Ikkalasiga ham lazer bilan ishlov berilgan, model raqami “A2338” va bir xil FCC identifikatoriga ega. Bu esa Apple model identifikatori yorliqlarini yangilamaganligini tasdiqlaydi.
Pastki qopqoqdagi vintlar MacBook Pro M1 bilan bir xil. Ba’zi sabablarga ko‘ra, M2 MacBook Prodagi sovutgich kvadrat burchaklarga ega, ammo bu uning ishlashiga hech qanday ta’sir qilmaydi.
Ammo YouTube blogeri Lyuk Miani M2 chipini M1 ga o‘zgartirmoqchi bo‘lganida noutbuk hatto yoqilmadi ham.
256 Gb xotiraga ega M2 chipli MacBook Pro endi bitta NAND chipiga ega bo‘lib, u ikkita NAND chipiga ega bo‘lgan 256 Gb xotirali M1 MacBook Pro bilan solishtirganda ma’lumotlar uzatish tezligini pastroq ekanligi aniqlandi.
Tahlil mualliflari Apple yangi avlod MacBook Proni ishlab chiqarish orqali qurilmani ta’mirlash ishlarini yanada qiyinlashtirishga harakat qilmoqda degan xulosaga kelishdi.
iFixit ma’lumotlariga ko‘ra, MacBook Pro M2 keyinchalik Apple kompaniyasining o‘zini-o‘zi ta’mirlash dasturiga kiritiladi, shunda iste’molchilar asl zaxira qismlarni sotib olishlari mumkin.
Apple kompaniyasi WWDC 2022 konferensiyasida MacBook Pro M2 ni taqdim etgan edi. Uning narxi 1299 dollarga baholangan va iyul oyida sotuvlar boshlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter