Xorazmda “Raqamli mahalla” loyihasi amalga oshirilmoqda
Urganch shahrida vazirlikka biriktirilgan “Ko‘hna qal’a”, “Feruz”, “Umid”, “Jaloliddin Manguberdi” va “Islomobod” mahallalarida infratuzilmani rivojlantirish, aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatini va turmush farovonligini oshirish maqsadida qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan hududlarni kompleks rivojlantirish siyosatining bir qismi sifatida ilgari surildi.
Xususan, mahallalarda optik tolali internet tarmoqlari kengaytirilib, mahallalarda bepul Wi-fi zonalari tashkil etildi, aholining raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasini oshirishga mo‘ljallangan o‘quv-targ‘ibot ishlari yo‘lga qo‘yildi. 200 nafarga yaqin aholi vakillariga IT, dasturlash, raqamli marketing va boshqa zamonaviy kasblarga o‘qish uchun o‘quv kurslariga yo‘llanmalar berildi.
O‘rganishlar davomida o‘z-o‘zini band qilish imkoniyatiga ega xotin-qizlar, yoshlar aniqlanib, ular ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tikuv mashinalari, jihozlar va boshqa ishlab chiqarish uskunalari bilan ta’minlandi. IT sohasiga qiziquvchi yoshlar va fuqarolarga zamonaviy kompyuter qurilmalari topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter