Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Windows tizimi ishdan chiqdimi?

Windows tizimi ishdan chiqdimi?

Windows tizimida katta xatolik yuz berdi va hozirda butun dunyo bo‘ylab aeroportlar, banklar va yirik kompaniyalar tizimlari ishlamay qoldi.

AQSh, Buyuk Britaniya, Hindiston, Yangi Zelandiya va Avstraliyada parvozlar uchun uchish va ro‘yxatdan o‘tish bilan bog‘liq muammolar mavjud. Shu qatorda:

Qo‘shma Shtatlardagi 911 qutqaruv xizmatining resurslari global kiber uzilishlar tufayli bir vaqtning o‘zida bir nechta Shtatlarda ishlashni to‘xtatdi.

Britaniya tibbiyot tizimidagi ishlar kiber nosozlik tufayli to‘xtatildi.

Shuningdek, Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan va boshqariladigan va yuzlab yirik korporatsiyalar tomonidan foydalaniladigan Azure bulutli hisoblash platformasi buzilgan.

Bundan tashqari, SkyNews media kompaniyasining ishiga ham salbiy ta’sir qildi.

Shunday qilib, uzilish ko‘plab kompaniyalar va davlat idoralari, aloqa operatorlari, media veb-saytlari, banklar, to‘lov tizimlari va aviakompaniyalarga ta’sir ko‘rsatdi.

Ularning aytishicha, bularning barchasi CrowdStrike kiberxavfsizlik firmasi dasturiy ta’minoti tufayli. Foydalanuvchilar oldida ko‘k ekran paydo bo‘ladi yoki qurilmalar cheksiz ravishda qayta ishga tusha boshlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring