Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vengriyaning yurtimizdagi elchisi bilan nimalar muhokama etildi?

Vengriyaning yurtimizdagi elchisi bilan nimalar muhokama etildi?

Foto: digital.uz

Vengriyaning yurtimizdagi elchisi bilan IT xizmatlar eksporti, IT ta’lim yo‘nalishlarida o‘rganish lozim bo‘lgan tajribalar haqida suhbatlashildi.

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Vengriyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Yojef Roja bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda dastlab O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilgan sharoitlarga bag‘ishlangan video taqdimot o‘tkazildi.

Raqamli texnologiyalar vaziri O‘zbekistonni dengizga chiqish imkoniyatlari cheklangani, shuningdek, aholi sonining tezlik bilan o‘sayotganini hisobga olib, mamlakatda raqamlashtirish va bu orqali masofadan turib ishlash – IT xizmatlar eksportini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. 

Shu maqsadda yoshlarni yuqori maoshli ishlarga jalb qilish, jumladan, BPO xizmatlar eksportini rivojlantirish va oshirish asosiy yo‘nalishlardan ekanini qayd etdi. Vazir bu yo‘nalishda ishlash uchun katta talablar mavjud emasligini, faqat ingliz tilini yoki boshqa chet tillarini yetarli darajada bilish yetarli ekanini aytib o‘tdi.  

Shu bilan birga, vazir yosh avlodning ingliz tilini bilish darajasi ham yuqorilab borayotgani va tez suratlarda o‘sayotgani, shu maqsadda ularni yaxshi maoshli ishlarga joylashtirishda IT xizmatlar sohasi ayni imkoniyat bo‘layotganini ta’kidladi. 

O‘z navbatida, Vengriya elchisi mamoy IT yo‘nalishda amalga oshirilayotgan tizimli ishlarni yuqori baholadi.

Shuningdek, Yevropa mamlakatlari, jumladan, Vengriya davlati bilan hamkorlikda IT xizmatlar eksporti, IT ta’lim yo‘nalishlarida o‘rganish lozim bo‘lgan tajribalar haqida suhbatlashildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring