Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon tumanida fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Andijon tumanida fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Foto: digital.uz

Raqamli texnologiyalar vazirining maslaxatchisi J.Egamberdiyev boshchiligida Andijon tumanidagi Axborot texnologiyalari texnikumida axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida olib borilayotgan ishlar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarda yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan sayyor qabul tadbiri o‘tkazildi. Tashkil etilgan sayyor qabulda 100 nafardan ortiq fuqarolar va soha korxona rahbarlati ishtirok etdilar.

Mazkur sayyor qabulda fuqarolardan 30 dan ortiq mobil aloqa, simli internet ulash va hozirgi kunda ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan vazirlik xizmatlari yuzasidan murojaat va takliflar kelib tushdi.

Sayyor qabulda ko‘tarilgan barcha muammo va masalalarni 20 dan ortig‘i joyida hal etildi va kerakli tushunchalar berib o‘tildi. 10 dan ziyod murojaatlar muddat talab etishini inobatga olgan holda fuqarolarga belgilangan muddatlarda murojaatlari yuzasidan ijobiy hal etilishi bo‘yicha ma’lumot berildi.

Bu kabi hududlarda tashkil etilayotgan sayyor qabullardan ko‘zlangan maqsad aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni zaminidir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring