Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyalik olimlar jarrohlar uchun yangi vosita ishlab chiqdi

Rossiyalik olimlar jarrohlar uchun yangi vosita ishlab chiqdi

Foto: Ferra

Rossiya Federatsiyasi ta’lim va fan vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Bauman nomidagi Moskva Davlat texnika universiteti olimlari tibbiyotning turli sohalarida, jumladan dermatologiya, oftalmologiya va urologiyada qo‘llaniladigan noyob lazerni ishlab chiqdilar. Ushbu femtosoniyali erbiyev lazeri bir qator afzalliklarga ega, ular orasida rezonatorning passiv haroratini barqarorlashtirish tizimi va pulsning qisqa davomiyligi mavjud.

Lazer impulslarining qisqa muddatliligi tufayli sog‘lom to‘qimalarga termal zarar yetkazmaydi va operatsiyadan keyingi tiklanish vaqtini qisqartiradi. Bu uni minimal invaziv operatsiyalar uchun ideal vositaga aylantirad.

Dermatologiyada lazer teri nuqsonlarini olib tashlash uchun ishlatiladi, shuningdek, sun’iy linzalarning optik xususiyatlarini tuzatish uchun oftalmologiyada ham foydali bo‘ladi. Biroq, u urologiyada katta ahamiyatga ega bo‘lib, u yerda urolitiazni lazerli litotripsiya yordamida davolashda qo‘llaniladi, deya qo‘shimcha qildi matbuot xizmati.                                                                               

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring