Vazir o‘zi tamomlagan maktabning “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi (foto)

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan bir necha yildan buyon so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlarida barcha vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etmoqdalar. Ushbu an’anaga ko‘ra, bugun, 25 may kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov o‘zi tamomlagan maktabning “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
Dastlab bitiruvchi yoshlarga va maktab o‘quvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchi yoshlariga tabrigi” o‘qib eshittirildi.
Sherzod Shermatov ham bitiruvchilarga o‘zining tabrigini yo‘llab, 20 nafar yoshlarga Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida be’pul ta’lim olish uchun vaucherlar taqdim etdi.
Shu bilan bir qatorda, maktab faxriy o‘qituvchilariga minnatdorlik ramzi sifatida guldastalar topshirildi hamda maktabda raqamli texnologiyalarga o‘qitish sohasida maktabdan tashqari to‘garaklar tashkil etish bo‘yicha rejalar kelishib olindi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi bitiruvchi yoshlarni zamonaviy ta’lim olib, maktabni muvaffaqiyatli tugatib, kasb-hunar o‘rganib, mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgani bilan samimiy tabriklaydi!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter