Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahridagi Amiti universiteti uch yirik xalqaro konferensiyaga mezbonlik qildi (foto)

Toshkent shahridagi Amiti universiteti uch yirik xalqaro konferensiyaga mezbonlik qildi (foto)

Foto: Amiti universiteti

Kecha, 1-noyabr kuni Toshkent shahridagi Amiti universitetida IEEE Qozog‘iston bilan hamkorlikda “Hisoblash fanlaridagi texnologik yutuqlar” (ICTACS 2023) mavzusida uch yirik xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda 200 dan ortiq ishtirokchilar, jumladan, tadqiqotchilar, soha mutaxassislari va talabalar ishtirok etishdi.

Konferensiyaning birinchi kuni Amiti universitetlarining vitse-kansleri, doktor Gurinder Singh, Hindistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabhat, O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vazirining o‘rinbosari Rustam Karimjonov, Birlashgan Millatlar Tashkilotining sobiq direktori, parijlik professor N.Vargeze kabi mehmonlar ishtirokida boshlandi.

Anjumanda IT sohasidagi so‘nggi tendensiyalar bo‘yicha turli mavzularda ma’ruzalar, sho‘’balarga bo‘lingan holda rektorlarning muhokamalari va taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilar axborotlashtirish sohasidagi texnologiya va innovatsiyalarning so‘nggi tendensiyalari bilan tanishishdi, boshqa mutaxassislar bilan hamkorlik o‘rnatish hamda o‘z tadqiqotlari va g‘oyalarini o‘zaro almashish uchun ajoyib imkoniyatga bo‘ldilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring