Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov

O‘z oilangiz bilan o‘z yurtingizda yashab, yaxshi daromad topmoqchi bo‘lsangiz, albatta chet tillari va axborot texnologiyalarini o‘rganing!

Shahnozaning qanchalik xursandligini so‘z bilan ta’riflash qiyin

Shahnozaning qanchalik xursandligini so‘z bilan ta’riflash qiyin

Foto: Prezident matbuot xizmati

Kecha Davlatimiz Rahbari Xorazmdagi AyTi Parkka tashrifi chog‘ida Shahnoza bilan suhbatlashib, “nima orzuingiz bor” deb so‘radilar. U TATUning Urganch filialiga o‘qishga kirish orzusi borligini aytdi. Shunda Prezidentimiz ertaga Shahnozaga aynan Prezident granti asosida o‘qishga qabul qilingani haqidagi hujjatni o‘zim kelib topshirishim bo‘yicha topshiriq berdilar.

Bugun Prezident granti asosida qabul qilingan qizimizni TATU Urganch filiali jamoasi bilan birga tabriklab, uning ishlarida muvaffaqiyatlar tiladik.

Shahnozaning qanchalik xursand ekanligini so‘z bilan ta’riflash qiyin.

Davlatimiz Rahbari bu kabi imkoniyati cheklangan yoshlar juda ko‘pligini ta’kidlab, ularga aynan AyTi sohasida qo‘shimcha imkoniyat yaratish bo‘yicha alohida tashabbus boshlaganlar: agar o‘quv markazlari bunday yoshlarni eksportyor korxonalarga ishga kirish darajasida tayyorlab bersa, har bir shunday bitiruvchi uchun ularga 35 million so‘mgacha subsidiya berilishini belgilab berdilar. Natijada esa bu kabi yoshlarning imkoniyatlari yanada kengayadi va ular yuqori daromadli ishda ishlashlari mumkin bo‘ladi.

Biz AyTi Parkning barcha ta’lim rezidentlarini va boshqa o‘quv markazlarini muqaddas Ramazon oyida Prezidentimizning ushbu savobli tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga, 35 million so‘mgacha subsidiyadan foydalanib, ko‘proq imkoniyati cheklangan yoshlarni bepul yoki imtiyozli o‘qitib, ularning kelgusida yuqori daromadli ishlarga joylashishiga yordam ko‘rsatishga chaqiramiz. Eksportyor kompaniyalarni esa imkoni boricha ko‘proq shunday yoshlarni ishga olishga chorlaymiz!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring