TATUda "Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi" haftaligi doirasida forum bo‘lib o‘tdi

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "IT sohasi rivojida xotin-qizlarning o‘rni" mavzusida forum va ko‘rgazma tashkil etildi.
Tadbirda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi mas’ullari, shuningdek, IT sohasi vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-qizlar ishtirok etdi. Ular IT sohasida xotin-qizlarning o‘rni, ularning ilmiy va amaliy loyihalarini rivojlantirish imkoniyatlari haqida fikr almashishdi.
Forum doirasida:
- Xotin-qizlarning ilm-fan va tadbirkorlikdagi yutuqlari hamda mahsulotlar ko‘rgazmasi namoyish etildi;
- Olima ayollar va talaba-qizlarning innovatsion loyihalari taqdimoti o‘tkazildi;
- Professor-o‘qituvchilarning tabrik so‘zlari va ma’ruzalari tinglandi.
Shuningdek, xotin-qizlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning innovatsion fikrlashini qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida "AKT bo‘yicha eng yaxshi innovatsion loyiha muallifi" va "Eng yaxshi EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazasi muallifi" nominatsiyalari bo‘yicha tanlov o‘tkazildi.
Tanlov natijalari:
- 1-o‘rin – Sarsenbayeva Bibinur Axmet qizi, Iqtisodiyot va menejment fakulteti, 3-bosqich talabasi.
- 2-o‘rin – Chorshanbiyeva Sevinch Akramovna, Kompyuter injiniringi fakulteti, 3-bosqich talabasi.
- 3-o‘rin – Malikova Nodira Turgunovna, Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi kafedrasi dotsenti.
Ushbu forum va ko‘rgazma IT sohasida xotin-qizlarning ishtirokini kengaytirish, ularning innovatsion g‘oyalarini ilgari surish hamda yangi loyihalar uchun platforma yaratishga xizmat qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter