Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov

O‘z oilangiz bilan o‘z yurtingizda yashab, yaxshi daromad topmoqchi bo‘lsangiz, albatta chet tillari va axborot texnologiyalarini o‘rganing!

Seeds for the Future loyihasining 15 nafar g‘olibi taqdirlandi

Seeds for the Future loyihasining 15 nafar g‘olibi taqdirlandi

Foto: Huawei

Yangi marralarga intilgan yoshlarimiz uchun hozirgi vaqtda juda ko‘p imkoniyatlar bor, lekin kimdir bu imkoniyatlardan foydalanib yana-da yuqoriroq natijalar ko‘rsatmoqda, kimdir esa vaqtini behuda o‘tkazish bilan ovora…

Bugun Seeds for the Future loyihasining 15 nafar g‘olibini taqdirlab, dasturning keyingi, Qatar davlatida o‘tadigan bosqichida ularga muvaffaqiyatlar tiladik. Ushbu dasturda ishtirok etayotgan universitetlardagi minglab talabalar orasidan aynan bu yoshlarimiz shu yergacha yetib kelishgani, albatta, ular yuqori maqsadni belgilab, o‘z ustilarida ishlab, natijaga harakat qilishlaridan darakdir. Shu bilan birgalikda, mamlakatimizda 9-yil amalga oshirilayotgan bu dasturga hafsala bilan harakat qilmagan talabalar ham talaygina…

Kuni kecha Davlatimiz rahbari videoselektorda barchani aynan ta’limga e’tibor qaratishga chaqirdilar. Bu chaqiriqqa munosib javob sifatida barcha uzoqni ko‘zlagan kompaniyalar ham shu kabi korporativ ijtimoiy mas’uliyatlarini bajarish bo‘yicha harakatlariga aynan ta’limni qo‘llab-quvvatlashni inobatga olishlari muhim. Shundagina bizning yoshlarimiz yana-da yuqoriroq marralarga erishadilar.

Bu dastur uchun Huawei kompaniyasiga o‘z minnatdorligimizni bildirishimiz bilan birgalikda, kelgusida ta’limga yana-da e’tiborini kuchaytirishini tilaymiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring