Qoraqalpog‘istonda IT rivoji: vazir IT Park filialida yangi vazifalarni belgiladi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif davomida Qoraqalpog‘iston hududida IT sohasini rivojlantirish, yoshlarga zamonaviy texnologik imkoniyatlar yaratish va iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi.
Joriy yilning 19-20-avgust kunlari Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi chog‘ida hududda yangidan qurilgan IT Park Qoraqalpog‘iston filialida bo‘lib, hududdagi yoshlarning startaplarini qo‘llab-quvvatlash va ularni xalqaro darajaga olib chiqish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish zarurligini ta’kidlagan edi.
Ushbu topshiriqlarni amalga oshirish maqsadida Qoraqalpog‘istonda turli texnologik va innovatsion loyihalar ustida ish olib borilmoqda.
Vazir Sherzod Shermatov IT Park Qoraqalpog‘iston filialiga tashrif buyurib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. IT Park xodimlari va hududiy rahbarlar bilan uchrashuv o‘tkazib, sohaga oid dolzarb masalalarni muhokama qildi.
Jumladan, vazir hududda IT xizmatlar eksporti hajmini oshirish, xorijiy kompaniyalarni hududga jalb qilish va yoshlar uchun yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratishga oid vazifalarni belgilab berdi.
Shuningdek, IT Parkning faoliyatini yanada kengaytirish va innovatsion startaplarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter