Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida Raqamli texnologiyalar vazirligining aholi murojaatlari bo‘yicha sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida Raqamli texnologiyalar vazirligining aholi murojaatlari bo‘yicha sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularning murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish amaliyoti bugungi kunda barcha soha va tarmoq rahbarlari tomonidan amalga oshirilib kelinmoqda.

“Inson qadri va xalq manfaati hamma narsadan ustun”, degan ezgu tamoyil asosida xalqimizning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchi ortib borishiga sabab bo‘lmoqda.

Joriy yil 17-avgust kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq qabulxonasi rahbari S. Xudaybergenov bilan birgalikda Nukus shahrida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda 100 nafardan ziyod jismoniy va yuridik shaxslar vakillari ishtirok etib, IT rezidentlar faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, IT ta’lim, radio televideniye, telekommunikatsiya xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha murojaatlar tinglandi.

O‘tkazilgan qabulda bir necha yillardan buyon o‘zining yechimini topmayotgan muammolar joyida ijobiy hal etib berildi.

Shuningdek, vazir tomonidan AKT sohasida aholi, yoshlar hamda IT sohasi vakillari uchun yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlar to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga batafsil ma’lumot berildi.

Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida sayyor qabul o‘tkazilayotgan maskanda mobil aloqa operatorlari tomonidan ko‘chma savdo nuqtalari tashkil qilinib, telekommunikatsiya xizmatlariga joyida ulanish imkoniyati yaratildi.

Yig‘ilish yakunida soha bo‘yicha bo‘ladigan har qanday murojaatlarni aholi vakillari Raqamli texnologiyalar vazirligining qisqa – 1199 ishonch telefoniga murojaat qilishi mumkinligi alohida ta’kidlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring