Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nukusda “Data live Senter” korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarni yanada mukammallashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi

Nukusda “Data live Senter” korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarni yanada mukammallashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi doirasida Qoraqalpoq Davlat universitetida tashkil qilingan Inkubatsiya markazida faoliyat olib borayotgan “Data live Senter” korxonasi bilan tanishdi.

Vazir “Data live Senter” tomonidan hozirda ishlab chiqilayotgan GIS loyihasini ko‘zdan kechirib, ushbu loyihani to‘liq bajarilishi bo‘yicha tegishli takliflarni berib o‘tdi.

Vazir tomonidan ushbu loyiha dolzarbligi, loyihani yanada mukammallashtirish maqsadida “O‘zbekkosmos” agentligi bilan ishlash, shuningdek, sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan “ICT Week” AKT haftaligiga ushbu loyihalar bilan qatnashish taklifi bildirildi.

“Data live Senter” hozirda Tatariston Respublikasi bilan 1 million dollarlik shartnoma imzolagan va hozirda ushbu loyiha ustida ishlamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring