Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“O‘zbekkosmos” Pokiston bilan hamkorlik qiladi

“O‘zbekkosmos” Pokiston bilan hamkorlik qiladi

Foto: “O‘zbekkosmos”

“O‘zbekkosmos” agentligi va Pokiston Kosmik fazo va yuqori atmosferani tadqiq etish komissiyasi o‘rtasida kosmik fanlar, texnologiyalar va ilovalardan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha hamkorlik yuzasidan anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur hamkorlikning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

– qo‘shma salohiyatni oshirish faoliyatida imkoniyatlarni aniqlash va kosmik fan, texnologiya va ilovalardan tinch maqsadlarda foydalanishda o‘zaro manfaatli sohalarni baholash;

– o‘zaro teng manfaatli sohalarda axborot, bilim va kadrlar almashinuviga ko‘maklashish;

– amaldagi qonunlar va me’yoriy hujjatlar hamda Ishtirokchilarning xalqaro majburiyatlarini hisobga olgan holda, maslahatlashuvlar o‘tkazish yo‘li bilan mazkur Anglashuv memorandumi doirasidagi muayyan masalalar va hamkorlik ko‘lamini aniqlash.

Hamkorlik yo‘nalishlari:

– Yerni masofadan zondlash va ilovalar

– sun’iy yo‘ldoshli aloqa

– navigatsiya ilovalari;

– kosmik fanlar va kosmik fazoni tadqiq etish;

– kosmik qonunlar;

– qo‘shma ta’lim loyihalari va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tadbirlari;

– texnik maslahatlar va treninglar.

Imzolanish natijasida har ikki tomon kelgusida hamkorlikda ishlash va istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring