O‘zbekiston – Fransiya hamkorligi: Raqamli texnologiyalar vaziri Mobilitas kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi
![O‘zbekiston – Fransiya hamkorligi: Raqamli texnologiyalar vaziri Mobilitas kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi](https://ict.xabar.uz/static/crop/4/1/920__95_4105437761.jpg)
Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning O‘zbekistonga tashrifi doirasida Fransiya va O‘zbekiston ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida biznes-forum tashkil etildi.
Forum doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va Mobilitas kompaniyasi bosh direktori va direktorlar kengashi raisi Sedrik Kastro o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlik yo‘lida yangi kompaniya tashkil etish va IT sohasida yosh iste’dodlarni tayyorlash, shuningdek, ularni Mobilitas kompaniyasiga ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston bozorini tahlil qilish va vakolatxona tashkil etish masalalarini o‘rganib chiqish uchun yaqin vaqt ichida xizmat safarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter